Вакансия из Telegram канала - Название доступно после авторизации
Пожаловаться
Зарплата и рынок
развернуть
По рынку СНГ данных пока нет
На международном рынке: $53к/год ($35к - $100к)
77
Хорошая вакансия
развернуть
Стажировка даёт понятный практический опыт в кибербезопасности и шанс перейти на постоянную работу, но трудоустройство после неё не гарантировано.
Без гарантии найма
Актуальные технологии
Практика на проектах
Кибербезопасность
Мэтч & Сопровод
Покажет вашу совместимость и напишет письмо
Создать профиль и узнать мэтч
Описание вакансии
TL;DR
Texnik qo‘llab-quvvatlash mutaxassisi (Tech Support Specialist Intern) (kiberxavfsizlik): Datagaze dasturiy mahsulotlarini o‘rnatish, sozlash, diagnostika qilish va mijozlarning texnik murojaatlarini hal qilish bilan shug‘ullanish, с акцентом на Windows va Linux tizimlari, loglar, fayl tizimlari va xavfsizlik sozlamalari. Focus on korporativ tizimlarni amaliy o‘rganish, mijozlarning IT jamoalari bilan ishlash va texnik muammolarni tahlil qilish.
#intern #support
Datagaze jamoasiga stajyor qidiryapmiz!
Datagaze — 2019-yildan buyon kiberxavfsizlik sohasida faoliyat yuritib kelayotgan O‘zbekiston kompaniyasi. Biz DLP, SIEM, WAF va EDR kabi axborot xavfsizligi yechimlarini ishlab chiqamiz.
Mahsulotlarimizdan davlat tashkilotlari, yirik korxonalar va turli sohadagi kompaniyalar foydalanadi. Hozirgacha 50 dan ortiq tashkilot bilan ishlaganmiz va yechimlarimiz 20 000 dan ortiq kompyuterga joriy etilgan.
Yo‘nalish: Texnik qo‘llab-quvvatlash mutaxassisi (Tech Support Specialist Intern)
Biz texnik qo‘llab-quvvatlash jamoamizga yangi bilimlarni o‘rganishga qiziqadigan, texnik muammolarga yechim topishni yoqtiradigan va IT sohasida rivojlanishni istaydigan stajyorlarni qidiryapmiz.
Stajirovka davomida tajribali mutaxassislar bilan real loyihalarda ishlaysiz, yirik tashkilotlarning IT jamoalari bilan muloqot qilasiz va korporativ tizimlarni o‘rnatish, sozlash hamda texnik muammolarni hal qilish bo‘yicha amaliy tajriba orttirasiz.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz?
- Datagaze dasturiy mahsulotlarini o‘rnatish, sozlash va diagnostika qilish
- Mijozlardan kelgan texnik murojaatlarni o‘rganish va muammolarga yechim topish
- Mijoz tashkilotlarning IT mutaxassislari bilan ishlash
- Jamoa bilan birga texnik muammolarni tahlil qilish va bartaraf etish
- Yangi texnologiyalarni o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish
Sizdan nimalarni kutamiz?
Umumiy talablar:
- O‘zbek tilida ravon muloqot qila olish
- Rus yoki ingliz tilini bilish ustunlik beradi
- Ish kuni davomida ofisda ishlash imkoniyati
- O‘rganishga qiziqish, mas’uliyat va mustaqil izlanish
Windows bo‘yicha:
- Windows tizimidagi asosiy texnik muammolarni aniqlay olish
- Windows loglari, fayl tizimi, tizim sozlamalari va xavfsizlik parametrlari haqida boshlang‘ich bilim
Linux bo‘yicha:
- Linux terminalida ishlay olish
- Asosiy buyruqlar, log fayllar, fayl tizimi va xavfsizlik sozlamalarini boshlang‘ich darajada bilish
Stajirovka muddati: 2–3 oy (o‘zlashtirish tezligiga qarab)
Stajirovka davomida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan, vazifalarga mas’uliyat bilan yondashgan va jamoaga moslasha olgan nomzodlarga doimiy ish taklif qilinishi mumkin.
*Eslatma: Stajirovkadan so‘ng ishga qabul qilish kafolatlanmaydi.*
Qanday ariza topshirish mumkin?
Quyidagi formani to‘ldiring va rezyumengizni yuboring:
Показать контакты
Datagaze bilan kiberxavfsizlik sohasidagi ilk professional tajribangizni boshlang!
👉
Будьте осторожны
Если работодатель просит войти в их систему, используя iCloud/Google, прислать код/пароль, запустить код/ПО, не делайте этого. Это мошенники. Обязательно жмите «Пожаловаться» или пишите в поддержку. Подробнее в гайде →
Пожаловаться
Текст вакансии взят без изменений
Источник - Telegram канал. Название доступно после авторизации